
Kataloniyaliklar klubi rahbariyati futbolchiga yiliga 12 million evro miqdoridagi maosh taklif etayapti.
Turli xil bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda uning maoshi 15-16 million evroni tashkil etishi mumkin, deb xabar beradi Marca.
Shunday qilib Inesta “Barselona” tarkibida eng ko'p maosh oladigan ikkinchi futbolchiga aylanishi mumkin (birinchi o'rinda – hujumchi Lionel Messi).
Eslatib o'tamiz, “Barselona” Inesta bilan 2018 yilga qadar shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2015 yilga qadar davom etadi.