"Barselona" Grinvud nomzodiga qaytdi

Alisher
26 fev 2025
"Barselona" yana "Marsel"da o'ynayotgan angliyalik vinger Meyson Grinvudni sotib olishga qiziqmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" bosslari "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisini hujum chizig'iga shiddat kirita oladigan ulkan salohiyatga ega futbolchi sifatida ko'rishmoqda.

Qayd etilishicha, "Marsel" Grinvud bo'yicha kamida 75 mln evrolik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Avvalroq, OAV ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar inglizning xizmatlariga qiziqish bildirgan. Meyson Grinvud 2024 yilda "Marsel"ga ko'chib o'tgan. Angliyalik futbolchi Fransiya jamoasi safida 25 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMuallif
Manba: fichajes.com