"Barselona" g'alaba qozonganda Neymar "Bernabeu"da edi (foto)

Aslanov Jasurbek
25 apr 2017, 11:55
"Barselona" LaLiganing 33-tur uchrashuvlaridan joy olgan "Real"ga qarshi bahsda 3:2 hisobida g'alabaga erishdi.

Messining dubli va Rakitichning chiroyli zarbasi kataloniyaliklarga g'alaba qozonish uchun etarli bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng kiyinish xonasida Kataloniya klubi vakillari g'alabani nishonlashdi va u yerda Neymar ham bor edi.


Suratga yaxshilab e'tibor bersangiz Messi orqaroqda telefonini ko'rsatib turibdi.


O'sha vaziyatda argentinalik Neymar bilan videomuloqot qilayotgan edi va diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmagan braziliyalik g'alabani futbolchilar bilan birga nishonladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail