"Barselona" futbolchisi "Al Hilol" taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2024, 20:45
Viktor Roke "Al Hilol"ga "yo'q" dedi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Al Hilol" hamda "Barselona" o'rtasida o'tkazilgan muzokaralardan so'ng braziliyalik va uning yaqinlari Saudiya Arabistoni klubining dastlabki taklifini rad etishdi.

"Al Hilol" Rokening o'rniga 21 yoshgacha bo'lgan boshqa futbolchi - "Aston Villa" hujumchisi Jon Duranga e'tibor qaratdi.

Oldinroq, "Barselona" Rokeni sotishga tayyorligi va 19 yoshli futbolchi uchun 40 mln. evro so'rayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano