"Barselona" Felish uchun Grizmanni taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 12:47
"Barselona" Antuan Grizmanni "Atletiko"ga qaytarmoqchi bo'lmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 29 yoshli fransiyalikni 20 yoshli Joau Felishga almashmoqchi bo'lmoqda. Biroq "matraschilar"ga bu taklif yoqmagan va bunga rad javobini bergan.

Bu pallada "Atletiko" Grizmanning qaytishiga qarshi bo'lmayapti. Ular Grizmann uchun Toma Lemar bilan Diego Kostadan voz kechishga tayyor turibdi. Biroq "Barselona"ga bu futbolchilar kerak bo'lmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca