"Barselona" yetakchisi bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2026
Rafinya jamoa murabbiylar shtabiga dam berishni so'rab murojaat qildi.

29 yoshli vinger Ispaniya Kubogi doirasidagi "Albasete"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, Rafinyada o'ng oyoq mushagi cho'zilishi aniqlangan. Jarohat og'irlashib ketmasligi uchun unga dam berilgan. To'liq tiklanish taxminan bir hafta vaqt oladi, bu esa uning La Ligadagi "Malorka"ga qarshi o'yindagi ishtirokini ham shubha ostiga qo'yadi.

Rafinya joriy mavsum kataloniyaliklar safida 22 o'yinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, "Albasete" – "Barselona" bellashuvi 01:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com