"Barselona" endi futbolchilarning tovon pulini oshkor qilmaydi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025, 13:27
"Barselona" rahbariyati transferlar va shartnomani uzaytirish haqida ma'lumot berishga yondashuvini o'zgartirishga qaror qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, klub bundan buyon futbolchilarning shartnomalaridagi tovon puli bandlarini oshkor etmaydi. Bu usul allaqachon Ronald Arauxo va Jerar Martin bilan kelishuvni uzaytirishda qo'llandi.

Klub bu ma'lumotni bozor bilan bo'lishishning hojati yo'q deb hisoblaydi va manfaatdor tomonlardan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishni so'radi. Biroq ma'lumot futbolchining vakillari orqali ma'lum bo'lishi istisno qilinmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo