"Barselona" Dembelega shartnoma taklif qiladi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2023, 20:55
"Barselona" yarim himoyachi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Bu haqda klub prezidenti Joan Laporta jurnalist Fabricio Romanoga xabar berdi.

"Yaqin vaqtlar ichila Usmon Dembele bilan yangi shartnomani muhokama qilamiz. U yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. PSJdan qiziqish? Dembele 70 million evroga ham sotilmaydi, umuman u hech qancha summaga sotilmaydi!", - dedi Laporta.

Ushbu mavsumda 25 yoshli francuz barcha turnirlarda 23 o'yinda qatnashib, 6 gol va 7 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano