"Barselona" Dembele bo'yicha MYU bilan muzokaralarni rad etdi

Alisher
3 okt 2020, 10:37
"Barselona" "Manchester Yunayted" bilan hujumchi Usmon Dembelening ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib bormayapti.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar" texnik kotibi Ramon Pleyns xabar berdi.

"MYU bilan hech qanday muzokaralar yo'q, buni tasdiqlashim mumkin. Dembele - "Barselona" o'yinchisi, biz uning imkoniyatlarini bilamiz va jamoada sodir bo'layotgan o'zgarishlar bilan u o'zini eng yaxshi ko'rinishda namoyish etadi deb umid qilamiz.

"Barselona" barcha imkoniyatlardan foydalanmoqchi. Uning biz bilan yaxshi yil o'tkazishiga ishonchim komil", - deydi Pleyns.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Espana