"Barselona" Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2023, 14:50
Tomonlar tez orada muzokaralarni boshlaydi.

"Barselona" klubi vinger Usmon Dembelega yangi shartnoma taklif qiladi, deb xabar berdi Sport.es. Tomonlar kelasi oy muzokaralarga kirishadi.

25 yoshli fransiyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan. "Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi Ernandes futbolchini jamoada uzoq muddatga olib qolmoqchi.

Oldinroq Xavi Rafinyaga umid bog'layotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es