"Barselona" de Yongni sotib yuborishi mumkin. Undan tushgan pul Xolandning transferiga sarflanadi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2022, 22:24
Niderlandiyalik futbolchi "Barsa"ni tark etishi mumkin.

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong yozda klubdan ketishi mumkin. Marca nashri bergan ma'lumotga qaraganda, uning o'yinlari oxirgi paytlarda murabbiylar shtabini qoniqtirmayapti. 24 yoshli o'yinchining sotuvidan kelgan pul "Borussiya" hujumchisi Erling Xolandning transferiga sarflanadi. 

Eslatib o'tamiz, de Yong ushbu mavsum La Liga doirasida 16 ta o'yinda maydonga tushib bitta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca