"Barselona" darvozasiga gol urgan Vinisius shaxsiy rekordini yangiladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 yanv 2022, 16:04
Vinisius "Madrid"dagi to'rtinchi mavsumini ancha sermahsul o'tkazmoqda.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida Vini yana gol urdi va endi uning hisobida 27 ta o'yinda 15 ta gol bor.

Qizig'i, avvalgi 3 mavsumda Vinisius 118 uchrashuvda bor yo'g'i 14 ta gol ura olgandi.

Tabiiyki, mavsumning ikkinchi qismi qanday o'tishidan qatiy nazar braziliyalik Ispaniyadagi eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru