"Barselona" chempionlik paradini qachon o'tkazadi?

Aslanov Jasurbek
30 apr 2018, 14:31
"Deportivo" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 35-tur uchrashuvida (2:4) ko'k-anorranglilar chempionlik masalasini muddatidan avval hal qildi.

Klub matbuot-xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, bugun, 30 aprel kuni jamoa chempionlik paradini uyushtiradi va "oltin dubl" - Ispaniya chempionati va Kubogidagi g'alabani nishonlaydi. Jamoa kechga yaqin usti ochiq avtobusda Barselona ko'chalari bo'ylab aylanadi.

Bu chempionlik "Barselona" uchun 25-muvaffaqiyat bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com