"Barselona" "Chelsi" vingeriga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
27 sen 2024, 19:50
Kataloniyaning "Barselona" klubi Angliyaning "Chelsi" jamoasi vingeri Mixaylo Mudrikka qiziqmoqda.

Bu haqda "Fichajes" xabar tarqatdi.



Qayd etilishicha, "Barselona" 23 yoshli Mudrikning to'liq transferini amalga oshira olmasligi mumkin, shu bois ukrainalik futbolchini ijaraga olishi ehtimoli yuqori. "Ko'k-anorranglilar" u o'yin tizimiga yaxshi moslashib, chap qanotni kuchaytira olishiga ishonadi.

Mixaylo Mudrik joriy mavsum "Chelsi" safida 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes