Barselona Busketsga o'rinbosar topdi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2016, 14:00
Sevilya yarim himoyachisi Stiven Nzonzi Barselona e'tiboriga tushdi.
Goal.com nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini Serxio Busketsga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Biroq Sevilya Nzonzi bilan xayrlashmoqchi emas va 2019 yilda tugaydigan shartnomani yana uzaytirmoqchi.

Futbolchining tovon puli 30 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com