“Barselona” Bundesliga to'purari uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

19 fev 2019, 08:35
“Ayntraxt” forvardi Luka Yovichga bir vaqtning o'zida Yevropaning bir nechta grand jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Ularning qatorida “Barselona”, “Real”, “Bavariya” hamda “Chelsi” bor.

Ma'lumotlarga ko'ra, 21 yoshli serb uchun kurashda ayni chog'da “Barselona” yetakchilik qilmoqda. Avvalroq “Real” va “Chelsi” klublari Yovich uchun “Ayntraxt”ga 45 mln evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Barselona” esa nemis klubiga raqobatchilaridan ko'proq pul bera olishi (75 mln evro) haqida tushuntirish bera olgan. Ma'lumot uchun, Yovich ayni damda Bundesligada 20 ta o'yindan so'ng 14 ta gol urib, to'purarlar qatorida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com