"Barselona" bilan o'yin oldidan "Atletiko" yana bir yo'qotishga uchradi

19 noya 2020, 01:13
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Lukas Torreyra koronavirus uchun test topshirdi.

Sinov ijobiy natija berdi va urugvaylik o'yinchi zudlik bilan o'zini-o'zi yakkaladi. Ayni paytda Torreyrada kasallikning alomatlari yo'q. Ammo u 21 noyabr kuni o'tkaziladigan "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etolmaydi.

Ma'lumot uchun, 17 noyabr kuni "matraschilar" forvardi Luis Suares ham koronavirus yuqtirib olgani to'g'risida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: atleticodemadrid.com