"Barselona" "Bavariya"ga moslashib ketolmayotgan futbolchini kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024, 11:50
"Barselona" "Bavariya"ning 22 yoshli vingeri Brayan Saragosaga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" qishki transfer oynasi vaqtida Saragosa haqida ma'lumot so'ragan, biroq sobiq "Granada" futbolchisi qishda ispan klubini tark etishni xohlagan va shu sababli "Bavariya"ga ijara asosida o'tishni maqul ko'rgan.



Biroq Saragosa "Bavariya"da moslashish, xususan, til bilan bog'liq muammolarga duch kela boshladi. Takidlanishicha, myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel vingerga qiziqmagan. Tuxel kelayotgan yozda klubni tark etar ekan, Saragosaning "Bavariya"dagi kelajagi ham noaniq. "Barselona"dagilar vingerni qulay shartlarda sotib olishga ishonib turishibdi.

Saragosa joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es