"Barselona" "Atletiko" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021, 21:46
"Barselona" "Atletiko" hujumkor vakili Toma Lemarga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabar berishicha, Toma Lemar kataloniyaliklar short-listidan o'rin egalladi. 

Uning Madrid klubi bilan kelishuvi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan. 25 yoshli futbolchining transfer narxi 25 million evroga baholangan.

Lemar joriy mavsumda 7 o'yinda 2 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes