"Barselona" asosiy himoyachisi "El Klasiko"da o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 okt 2022, 10:39
"Barselona"ning fransiyalik himoyachisi Jyul Kunde son qismidagi jarohatidan forig' bo'ldi, deb xabar berdi "AS".

Manbaga ko'ra, futbolchi umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlagan. Fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinda (16 oktyabr) ishtirok etishi kutilmoqda.

23 yoshli Kunde joriy mavsum Kataloniya klubi safida 5 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS