

Yangi kelishuvga ko'ra Fransiyalik futbolchi Kataloniyada 2030 yilga qadar qoladi. Shartnoma bo'yicha futbolchining oyligi ma'lum miqdorda oshgan, biroq bu haqida aniq ma'lumot berilmagan.
Ma'lumot uchun, Kunde 2022 yildan beri Barselona sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golga assist qayd etdi.



