"Barselona" Amrabatni sotib olish huquqisiz 6 oyga ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 yanv 2023, 11:52
"Barselona" "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatni ijaraga olish istagida.

Insayder Jerar Romero xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 26 yoshli futbolchining 6 oylik ijara shartnomasi ustida ishlaydi. "Ko'k-anorranglilar" shartnoma shartlariga majburiy sotib olish huquqini qo'shishni rejalashtirmayapti.

Amrabatning "siyohranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda u "Fiorentina" safida barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS