"Barselona" 33 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
14 mar 2025, 01:10
Inigo Martines "Barselona" bilian shartnomasini uzaytirdi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati 33 yoshli himoyachi bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Inigo 2023 yilning yozidan buyon "Barselona" tarkibida harakat qilmoqda. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 33 o'yinda qatnashib, 3 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FCBarcelona