"Barselona" 2014 yildan buyon ilk bor na chempionat va na Ispaniya Kubogini yuta oldi

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2020, 02:33
Hozirgina La Liga 37-tur uchrashuvlari yakuniga etdi va "Barselona" chempionlik poygasida rasman mag'lub bo'ldi.

Kataloniya klubi o'z maydonida "Osasuna"ga (1:2) yutqazib qo'ydi, "Real" esa "Vilyarreal"ni (2:1) taslim qildi va oradagi farqni 7 ochkoga etkazdi. 

Shu tariqa, 2014 yildan beri ilk bor "Barselona" na chempionatda va na mamlakat Kubogida g'olib bo'la oldi. Jamoa mavsumni Ernesto Valverde qo'l ostida boshladi, yanvarda esa uning o'rniga Kike Seten olib kelindi. Ispaniya Kubogida "Barsa" "Atletik"ka mag'lub bo'lishgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia