"Barsa" yosh futbolchisining tovon pulini yarim milliard evroga ko'tarmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2021, 00:25
Kataloniyaliklar yana bir yosh iqtidorning kelajagiga ishonishmoqda.

"Barselona" 17 yoshli yarim himoyachi Gavining shartnomasini qaytadan ko'rib chiqish niyatida.

Gavining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Tovon puli esa hozirda 50 mln evro.

"Barsa" esa futbolchiga yangi shartnoma taklif qilib, tovon pulini 500 mln evroga ko'tarmoqchi. Ushbu bitim 2026 yilning yoziga qadar amal qilishi rejalashtirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport