"Barsa" Umtitidan voz kechdi. Himoyachiga da'vogarlar yo'q

29 avg 2020, 00:28
"Barselona" rahbariyati Samyuel Umtiti bilan xayrlashmoqchi, deb xabar berdi Mundo Deportivo.

26 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning yangi ustozi Ronald Kumanning rejalari doirasiga kirmaydi. Katalon klubi fransiyalik himoyachini sotish yoki ijaraga berib yuborish variantini ko'rib chiqyapti. Ammo hozir Umtiti borasida aniq takliflar olinmagan.

Samyuel Umtiti "Barselona" tarkibiga 2016 yilda "Lion"dan kelib qo'shilgandi. U La Liganing o'tgan mavsumida 27 uchrashuv o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo