"Barsa" shartnoma bekor qilinishi uchun Suaresga 7 mln evro taklif qilmoqda, o'yinchi esa ko'prog'ini xohlamoqda

Alisher
21 sen 2020, 16:42
"Barselona" forvard Luis Suares bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelisha olmayapti.

Qayd etish kerakki, kataloniyaliklar urugvaylik futbolchiga shartnomani bekor qilish uchun 7 million evro miqdorida tovon puli taklif qilishmoqda, ammo bu mablag' hujumchini qoniqtirmayapti.

Oldinroq, Suares Kataloniya klubidan bir yillik maoshini olishni xohlayotgani borasida xabarlar yangragan edi - 14 million evro atrofida.

Eslatib o'tamiz, Suares uchun bosh nomzod Madridning "Atletiko" klubi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com