"Barsa" o'yinchilari Neymarning qaytishini xohlashmoqda, futbolchining o'zi ham

Alisher
9 apr 2021, 16:04
"Barselona" futbolchilari PSJ forvardi Neymarning Kataloniya klubiga qaytishini xohlashmoqda.

Buni ko'proq u bilan oldin "ko'k-anorranglilar" safida to'p tepgan o'yinchilar xohlashmoqda. Umumiy olganda hamma bu g'oyani qo'llab-quvvatlamoqda.

Futbolchilar "Lion" hujumchisi Memfis Depay emas, aynan braziliyalikni jamoada ko'rishmoqchi. Jamoa o'yinchilari Neymar CHLni yutishga yordam berishiga ishonchlari komil.

Oldinroq xabar berilganidek, Neymar PSJ bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralni to'xtatgan va qaytish xohishi haqida "Barsa"ga xabar qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo