"Barsa" 2025 yilda La Ligada mag'lubiyatga uchramayapti – 12 g'alaba va 2 durang

Aslanov Jasurbek
23 apr 2025
"Barselona" 2025 yilda Ispaniya chempionatida yutqazmayapti.

Xansi Flik jamoasi 33-turda "Malorka"ni (1:0) mag'lub etdi.  

Bu yil "Barselona" La Ligada 12 g'alaba va 2 durang qayd etdi. So'nggi mag'lubiyat dekabr oyida – "Atletiko"dan 1:2.

Jamoa 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib, "Real"dan 7 ochko oldinda (Madridda bir o'yin zaxirada).  

Katalonliklarning keyingi o'yini – 26 aprel kuni "Real"ga qarshi Ispaniya Kubogi finali.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia