

Uilfred Ndidi "Barselona"ga o'tishi mumkin.
Kataloniya klubi "Lester" tayanch yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Diario Sport". Uning shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. "Ko'k-anorranglilar" erkin agentlar bozorini o'rganishga sodiq qolmoqda.
Yozgi transfer oynasi vaqtida 26 yoshli futbolchi bilan bitim imzolashni Yevropaning bir qancha klublari xohlagandi. "Bavariya" Angliya klubi bilan muzokaralar olib bordi, biroq futbolchining shartnoma muddatini hisobga olib, ularning talablarini juda yuqori deb hisobladi. "Yuventus" va "Atletiko" ham yarim himoyachi bilan bog'lanishdi.
Ndidi joriy mavsum Chempionshipda 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.



