"Barcha murabbiylarga unga o'xshagan futbolchilarga ega bo'lishni tilayman". Desham - Loris haqida

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023, 11:23
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham darvozabon Ugo Lorisning Fransiyadagi faoliyatini yakunlash qaroriga izoh berdi.

"Ugo o'zining eng yuqori cho'qqisida bo'lsa-da, ketishga qaror qildi. Bir necha kun oldin u menga fikrlarini bayon etib, qarori haqida ma'lum qildi. Biz uni hurmat qilishimiz kerak. Va men uni ajoyib faoliyat bilant tarbriklamoqchiman.

Barcha rekordlar va 2018 yilgi Jahon chempionatida, 2021 yilgi Millatlar Ligasida o'ynagan muhim rolidan tashqari... Ugo – ajoyib shaxs. 2012 yilda murabbiy bo'lganimda u sardor edi, men unda bog'ichni saqlab qoldim va bundan hech qachon afsuslanmadim. Uning murabbiyi bo'lish men uchun baxt va sharaf edi. Men barcha murabbiylarga unga o'xshagan futbolchilarga ega bo'lishni tilayman", – dedi Desham.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe