

Biroq, jamoalar “yulduz”ini qo'ldan chiqarish niyati yo'q. Bundan tashqari, mavsum o'rtasida o'yinchilar ham yangi jamoada o'z o'rnini topib olishi qiyin masala. Bu o'rinda, Grizmanni bu ro'yxatdan darhol chiqarib tashlaymiz. Sababi, u qish yakunigacha keskin burilish qilishi dargumon. Shunday ekan, quyida amalga oshishi kutilayotgan transferlar haqida so'z yuritamiz.
10-o'rin. Leon Gorecka (Shalke)
Siz bu yigitni Konfederatsiyalar Kubogidagi chiqishlaridan yaxshi taniysiz. Iqtidorli Leon yozdan beri ayniqsa yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Gorecka Shalke bilan yangi shartnoma imzolashga shoshayotgani yo'k. Ko'k ranglilar safidan ketish niyati bo'lsa-da, agenti orkali Bavariya bilan muzokara olib borayotgan Leon hanuzgacha klubdan rozilik ololgani yo'q.
Transferning amalga oshish ehtimoli: 95%. Agar “Bavariya” bilan shartnoma imzolamasa, unda bor umidini Liverpulga bog'laydi.

9-o'rin. Denni Rouz (Tottenxem)
Qanot himoyachisi Uokerni yo'qotgandan so'ng, “shpor”lar yana bir qanot o'yinchisidan ayrildi. Uokerniku londonliklar sotishgandi, ammo Rouzdan sotmay turib, ayrilib qoldi. Sababi, Denni klub transfer siyosatini tanqid qilib, o'z jamoasiga qarshi chiqdi. Bunday holatlar asosan, o'zaro hal qilinadi. O'zboshimchalik tufayli Rouz zaxira o'rindig'idan mustahkam joy oldi. Shunday ekan, da'vogarlar bor paytda uni tezroq sotib yuborish kerak. Masalan, “MYU”ga chap qanot himoyachi zarar qilmasdi.
Transferning amalga oshish ehtimoli: 90%. Denni “shpor”lar asosiy tarkibiga qaytishi juda qiyin.

8-o'rin. Sergey Milinkovich-Savich (Lacio)
Joze va Xosep, har ikkisi ham, Savichni o'yinini kundan-kunga kuchaytira olayotgan baland bo'yli serb sifatida tariflagan. Sergey - ajoyib futbolchi. U turli klublarga “sakrab” yurishdan ko'ra, Lacio o'yinlarini ustun qo'yadi. Yangiliklarga qaraganda, xavbek uchun “MS” va “MYU” klublari yaxshigina maosh to'lashga tayyor. PSJ haqida esa gapirmasa ham bo'ladi. Qiziq, u qanday to'xtamga kelar ekan?!
Transferning amalga oshish ehtimoli: 50%. Biroq klubda “JCH-2018dan so'ng sotamiz, ana o'shanda qimmatroq ketadi” degan fikr ham yo'q emas.

7-o'rin. Yulian Draksler (PSJ)
Yulian Draksler hujum guruhidagi katta xaridlarning aniq qurbonlaridan biri edi. Masalan, APL turli jamoalari tarkibida unga joy topilishi tayin.
Transferning amalga oshish ehtimoli: 90%. Arsenal eng past ko'rsatkichi bo'yicha jahon chempioniga 40mln evro bermoqchi - hozirgi narx-navoda arzimagan pul.

6-o'rin. David Luis (Chelsi)
Agar Antonio Konte uslubini o'zgartirgani rost bo'lsa, u holda bu vaziyatda transfer yuz bermaydi. Bu yosh murabbiyga xos jihatlardan biri. David Luis Konte bilan janjallashish uchun bahona topdi. Bu tizza jarohati tufayli maydonga tushmaslik bo'ldi. Natijada, u yana chamadonini yig'ishtirish taraddudiga tushib qoldi. Arsenal hatto Bavariya ham Luisni sotib olish harakatini boshlamoqda.
Transferning amalga oshish ehtimoli: 60 %. Davidning jaxli burnining uchida turadi. Lekin gina saqlab yurmasligi uning ijobiy jihati hisoblanadi.

5-o'rin. Genrix Mxitaryan (MYU)
Nima deb o'ylaysiz, Genrix MYUda umrbod qolarmikan yo bir yil, xolosmi? Mourinyoning so'zlariga qaraganda har bir futbolchining o'z narxi bor. Shu sabab, u hech kimni majburan ushlab turmaydi. Bu albatta, Joze bilan janjallashgan Mxitaryanga ham tegishli. Bu holat esa Interga o'yinchini qayta sotib olish imkonini berdi.
Transferning amalga oshish ehtimoli: 90 %. Genrix zaxira o'rindig'ida o'tirishga rozi bo'lishi qiyin, Interda esa u asosiy tarkibda o'ynashi deyarli aniq.

4-o'rin. Aleksis Sanches (Arsenal)
Arsenalning bazi futbolchilari Sanchesning gollarini nishonlashdan bosh tortdi. Lekin bu shunchaki tahmin. Biroq, shartnoma amal qilish muddati yakuniga etayotgani ayni haqiqat. Chililik hujumchi yangi bitim imzolamaydi. Arsenal - ishbilarmonlar klubi. Shuning uchun, jamoaga vaqti-vaqti bilan maydonga tushadigan “qandaydir” Aleksisdan ko'ra, yaxshigina daromad muhim. Shunday ekan, klub yozda uni “hadya” qilishdan, hozirning o'zida sotib yuborishni afzal ko'rmoqda.
Transferning amalga oshish ehtimoli: 20%-80 %. - yozda uni mutlaqo bepulga olish mumkin.

3-o'rin. Mauro Ikardi (Inter)
Agar Real bu mavsumda hali biror titulga ega chiqmoqchi bo'lsa, jamoaga haqiqiy hujumchi kerak. Bu Ikardi bo'lishi mumkin. Axir futbolda “sodiq” so'zini ishlatish biroz xavfli. Masalan, Pochettinoning Keynga aytgan maqtovi - Garri klubdan ketishi mumkinligini bildirmaydi. Biroq, agar ingliz futbolchi o'z klubi bilan chinakamiga janjallashib qolmasa, u holda Real Inter sardori bilan shartnoma imzolashi mumkin. Ikardi Benzemadan yomon emas - bu aniq!
Transferning amalga oshish ehtimoli: 60 %. U Realga kerak, lekin Peres Keynni klubga olib kelishni orzu qilmoqda. Shporlar esa hozircha bunga yo'l qo'ymayapti.

2-o'rin Mesut Ozil (Arsenal)
Joze Mxitaryanning o'rniga boshqa o'yinchi qidirmoqda. Mata - ajoyib va aqlli futbolchi, MYUning boshqa yarim himoyachilariga nisbatan, klubga ko'proq foyda keltirgan. Biroq Mourinyo uchun ispaniyalik hali ideal darajadagi o'yinchi emas. To'g'ri, O'zil har doim ham Jozeni xursand qilmagan bo'lsa-da, jahon chempionini arzimagan pulga sotib olish - portugaliyalikning yutug'i bo'lgan. Mourinyo bu safar Mesut maydonda sayr qilmay, shiddat bilan o'ynashiga ishonchi komil.
Transferning amalga oshish ehtimoli: 95 % Sababi, Joze yana bir bor Vengerning tomorqasiga tosh otib, Arsen qoladi degan O'zilni sotib olish imkoniyatini qo'ldan chiqarmaydi.

1-o'rin. Filippe Koutino (Liverpul)
Bu transfer yozdayoq amalga oshishi mumkin edi. Biroq, keyin bazi kiyinchiliklar yuzaga keldi. Ona yurti Braziliyada, ana boring butun Janubiy Amerikada Koutinoning kimligini uncha-muncha odam bilmasdi, Nike kompaniyasi transfer xakida rasmiy bayonot berilmasidan oldin ma'lumot berdi. Endi Liverpul maxfiy ma'lumotni uchinchi shaxslarga ma'lum kilganliklari uchun badal to'lovi undirish maqsadida sudga murojaat qiladi. Uning vakillari esa Koutinoning narxini eng yuqori darajagacha ko'tarishga vada berishdi.
Transfer amalga oshishining ehtimoli: 99 %. Turli manbalar ma'lumotiga ko'ra, Barselona 150 mlndan 175 mln evrogacha to'lashi mumkin. Shuning uchun, Koutinoni bu xafta ko'k-anorranglilar futbolchisi deb tanishtirilishini kutib qolamiz.
Odatda qishki trnasferlar - xavfli va kutilmagan bo'ladi. Hamma shartnomalar ham amalga oshavermaydi. Lekin Livepuldan hamma narsani kutsa bo'ladi.
Sababi oddiy - JCH-2018dan keyin narxlar ko'tarilib, yoki tushib ketishi mumkin. Shunday ekan, yozgacha kutishning nima keragi bor?

Nozima Zaripova tarjima qildi



