Balotelli: "Termadagi birorta futbolchida mendagi sifatlar yo'q"

Mirjalol Normatov
22 okt 2023
"Adana Demirspor" jamoasi hujumchisi Mario Balotelli Italiya termasiga qaytishni istaydi.

"Terma eshiklarini men uchun yopmanglar. U yerda doimiy bo'lishni talab qilmayman, biroq bazida chaqirib turishlarini so'rayman.

Termadagi birorta futbolchida mendagi sifatlar yo'qligiga ishonaman. Biror futbolchi maydonga tushishi bilanoq holatni o'zgartirib tashlay olmaydi", - dedi 33 yoshli futbolchi.

Balotelli Italiya termasi tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 14 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal