Balotelli safdan chiqdi

Italiyaning "Monca" klubi hujumchisi Mario Balotelli "Lechche"ga qarshi o'yin oldidan jarohat oldi va B Seriya doirasidagi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

DAZN xabariga ko'ra, "Inter", "Milan", "Manchester Siti" singari klublardagi faoliyati bilan tanilgan Mario chigilyozdi mashqlari paytida chap oyog'ining tizza qismini shikastlab olgan.

Ma'lumot uchun, "Monca" Italiya B Seriyasining ortda qolgan 16 turidan keyin 3-o'rinni egallab turibdi.

Balotelli yangi jamoasidagi debyutidayoq gol urdi 


Manba: DAZN