A Seriya. "Roma" yirik hisobda g'alabaga erishdi, Shomurodovdan gol+pas

Aslanov Jasurbek
25 fev 2025
"Roma" hamda "Monca" o'rtasida A Seriyaning 26-tur uchrashuvi o'tkazildi.

"Roma" - "Monca" 4:0

Gollar: Salemakers 10 (Shomurodov), Shomurodov 32 (Soule), Anxelino 73 (Kristante), Kristante 88 (Dibala).

"Roma": Svilar, Ndika, Xummels, Manchini, Soule, Baldanci (Dibala, 62), Anxelino (Salax-Eddin, 80), Pizilli, Kristante, Salemakers (Rensx, 70), Shomurodov (Paredes, 70), De Marci, Gollini, Rensx, Abdelxamid, Chelik, Nelsson, Salax-Eddin, Pellegrini, Paredes, Kone, Gurna-Duat, Dibala, El-Shaaravi

Monca: Turati, Karboni (Palasios, 76), Brorsson, Lekovich, Mota (Keyta Balde, 68), Churria (Dzeroli, 56), Kiryakopulos, Urbanski (Martins, 56), Byanko, Pedru Pereyra, Ganvula (Petanya, 46), Piccinyakko, Macca, Palasios, Postilone, Dzeroli, Kolombo, Keyta Balde, Petanya, Martins, Vinyato



Bahs yakuniga etdi!

88. Uchrashuv yakunlanishiga biroz vaqt qolganida Kristante ham nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 4:0.

73. GOOOL! Anxelino hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

70. O'zgarish: Shomurodov maydonni tark etdi. Uning o'rniga argentinalik Leandro Paredes maydonga tushdi.

Tanaffus

32. SHOMURODOOOV!  Eldor qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi! 2:0, Shomurodovda gol+pas

10. GOOOL! Salemakers Messi uslubida to'pni chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi. 1:0. To'pni u Shomurodovdan qabul qilgan edi, Eldorga +1 assist.

6. Shomurodov o'ziga kelayotgan to'pni jamoadoshi uchun o'tkazib yubordi, ammo Pisilli yaqin masofadan to'pni darvozaga to'g'irlay olmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia