Balotelli “Lacio” muxlislariga: “Sharmanda va uyat sizlarga”

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2020, 21:50
“Breshiya” forvardi Mario Balotelli yana irqchilik qurboniga aylandi.

A Seriyaning 18-turi doirasida bo'lib o'tgan “Lacio”ga (1:2) qarshi bahsda mehmon jamoa muxlislari o'zini yomon tutib, Balotelliga qarata irqchilik ohangidagi so'zlarni ishlatishgan. Uchrashuv hakami esa ishqibozlar biroz tin olishi uchun 1 taymda o'yinni to'xtatishga majbur bo'ldi.

“Bu juda ham og'ir mag'lubiyat ammo biz yanada kuchayamiz va to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz. Bugun stadionga kelgan “Lacio” muxlislariga murojaatim esa sharmanda va uyat sizlarga”, – deya instagram'dagi rasmiy sahifasiga videopost joylagan Mario. 

Avval ham 29 yoshli futbolchi bilan bu kabi noxush holat ro'y bergandi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/mb459