Balotelli golini Astoriga bag'ishladi FOTO

Mirjalol Normatov
29 may 2018, 21:59
Italiya termasi hujumchisi Mario Balotelli Saudiya Arabistoni termasiga urgan golini "Fiorentina"ning sobiq sardori, marhum do'sti Davide Astoriga bag'ishladi.

"Bilaman, endi kech, ammo buning farqi yo'q. Bilaman, sen tepadan otam bilan birga o'yinni ko'rding.

Bu gol hech nimani bildirmaydi, hech nimani anglatmaydi. Golni senga bag'ishlayman, David", - deb yozadi Balotelli o'zining "Instagram"dagi sahifasiga.




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/mb459