Balotelli A Seriyaga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 20:40
"Nicca" hujumchisi Mario Balotelli vataniga qaytishi mumkin.

Italiyalik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi va forvardning agenti Mino Rayola 27 yoshli futbolchining klubdan ketishi mumkinligini aytdi.

"Imkoniyat bor. Marioning asosiy maqsadi - yaxshi o'ynash va unga ishonadigan jamoada bo'lish. U Italiyaga qaytish fikridan hech qachon voz kechmagan" - deydi Rayola.

Mario Balotelli joriy mavum "Nicca" safida 25ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com