Ballak: "Xamesning bir ustunligi bor: Uning Anchelotti bilan munosabatlari juda yaxshi"

Aslanov Jasurbek
25 sen 2017, 11:03
"Bavariya" sobiq yarim himoyachisi Mixael Ballak jamoa yarim himoyachisi Xames Rodriges o'yiniga baho berdi.

Ballakning fikricha, kolumbiyalik futbolchi nemis grandi ustozi Karlo Anchelottining ishonchidan foydalanmoqda.

"Xames - ajoyib futbolchi, biroq yuqori tempda o'ynash borasida unda muammolar bor. Bu odatiy 10-raqam va himoyaviy ishlarga aralashishni yoqtirmaydi. Xamesda bir ustunlik bor: Uning Anchelotti bilan munosabatlari juda yaxshi. Unda og'ir vaziyat bo'lib, tanqidlar ostida qolganida, Anchelotti Xamesga ishonch bildirdi. Futbolchi uchun eng katta ustunlik, murabbiy senga ishonishi" - deydi Ballak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal