Bakayoko "Chelsi"ga qaytishni xohlamoqda

8 iyun 2019, 19:20
Yarim himoyachi Temue Bakayoko "Milan" klubida qolmaydi.

Fransiyalik futbolchi ushbu yozda "Chelsi"ga qaytmoqda.

"Temuega qiziqayotgan kuchli klublardan taklif bor. Ammo, u "Chelsi"ni ustun ko'rmoqda. Kelasi yil klub YCHLda o'ynashidan xabarimiz bor, biz esa barqarorlik qidiryapmiz. Shuning uchun Temue u yerda qolishga qaror qildi", – deydi futbolchining akasi va agenti Abdulaye Bakayoko.

Qayd etish kerakki, 24 yoshli xavbek o'tgan mavsumni "Milan" klubida o'tkazdi – 31 o'yin, 1 ta gol, va 1 ta assist.


O'xshash yangiliklar


Manba: francefootball.fr