Bahrom Haydarov: "Yigitlarga noqulay ob-havo sharotida ham bizga g'alaba taqdim etganliklari uchun rahmat"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2021, 21:40
O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Buxoro" (5:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Surxandaryolik futbol ishqibozlari jamoamizning g'alabasini sog'inib qolishgandi. Shu boisdan ham barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yinning boshida qarshi hujumda gollar o'tkazib yubordik. Yigitlarga noqulay ob-havo sharotida ham bizga g'alaba taqdim etganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

- Bugun darvozada Rustam Nartadjievga ishonch bildirildi...


- Nartadjiev ham Superligada tajribaga emas. O'yinlarini tahlil qiladigan bo'lsak, yosh darvozabon, Pro-ligadan Superligaga o'tib adaptaciya jarayonini boshdan o'tkazmoqda. Uning kelajagi porloq deb o'ylayman. Nartadjievda xatolar ham bo'ldi, lekin bazi vaziyatlarda jamoamizni gollardan qutqarib qoldi.

- "Surxon" keyingi bosqich masalasini hal qildi. So'ngi turda "Dinamo" bilan bo'lib o'tadigan o'yinda yoshlarga e'tibor qarasizlarmi?


- "G'ijduvon" bilan bo'lgan o'yinda ham yoshlarga, xususan o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkon bergandik. "Dinamo" bilan bahs bizga Superliga doirasidagi AGMK bilan o'yinga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. O'ylab ko'rib ushbu "Dinamo" bilan o'yinga tarkibni tanlaymiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia