Bahrom Haydarov: "Umid qilamanki, bu oxirgi g'alabamiz emas"

Sherzod Nurmatov
17 avg 2021, 21:55
O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng termizliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi o'yinga yigitlarni yaxshi tayyorlashga harakat qildik. Ko'rganingizdek, umuman boshqacha tarkib tushdi. Yutayotgan tarkibimizdan bir kishi o'ynadi, lekin bu ikkinchi tarkibligini bildirmaydi. Jamoamizda raqobat kuchli ekanligidan dalolat bermoqda. Muhim g'alaba bilan muxlislarni tabriklayman. Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, ilk daqiqalardan qarshi hujumda o'ynamoqchi edik. Bu foyda keltirdi. Ishimiz osonlashdi. Keyingi bosqich masalasi bitta o'yinga bog'liq edi. Umid qilamanki, bu oxirgi g'alabamiz emas. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz", – deydi Bahrom Haydarov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia