

E'tiborlisi shundaki, Bahrayn futbol federatsiyasining prezidenti ham mazkur mashg'ulotlarni boshidan oxirigacha stadionning SIP sektorida o'tirib kuzatgani bo'ldi. OAV uchun ajratilgan 15 daqiqaning yarmini mehmonlar stadionda surat tushish bilan o'tkazidlar. Ularning kayfiyatlari haddan tashqari a'lo. Hech kima terma jamoa hal qiluvchi bosqichdan qolib ketdi demaydi.


Stadion ularga yoqqanligi shundoqqina ko'rinib turardi. Maradona bilan elkama-elka turib to'p tepkan Batista jamoasi bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Manavi futbolchining bo'yi esa ikki metrdan ziyoda ekan..



