Bahorda bizni super to'qnashuvlar kutib turibdi

5 dek 2019, 23:26
Bir qator terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish to'g'risida o'zaro kelishuvga erishib ulgurishdi.

Jumladan, Ispaniya va Germaniya terma jamoalari Evro-2020ga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 2020 yilning 26 mart kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Bu haqida Germaniya futbol ittifoqining rasmiy sayti ma'lum qildi. Ushbu bahs Madriddagi "Vanda Metropolitano" o'yingohida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, "qizil furiya" 29 mart sanasida Gollandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Germaniya terma jamoasi esa Italiyaga qarshi o'ynaydi. "Moviy gvardiya" 31 mart kuni Germaniyaning Nyurnberg shahrida mehmon bo'lishi rejalashtirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia