Bahodir Nasimov "Fulad"ga qarshi 77 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2014, 17:58
Eron pro-ligasida 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Bahodir Nasimov to'p tepayotgan "Padideh" klubi 14-turda o'z maydonida "Fulad" klubiga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi. Nasimov o'yinni asosiy tarkibda boshlab 77-daqiqada almashtirildi.

"Padideh" ayni paytda 18 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 20 noyabr kuni safarda "Zob Oxan"ga qarshi o'tkazadi.

"Padideh" - "Fulad" 0:0


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia