Bahodir Ahmedov: "Yosh futzalchilarimizdan ko'nglim to'q"

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2019, 16:24
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Qirg'izistonning "Erem" klubiga qarshi ikkinchi nazorat o'yini o'tkazdi va 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

FOTO  O'zbekiston MTJ Qirg'iziston chempionini yirik hisobda mag'lub etdi

Uchrashuvdan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Yigitlarning bugungi o'yinidan ko'nglim to'ldi, yaxshi harakat qilishdi. Kamchiliklar yo'q emas, keyingi mashg'ulotlarda ular ustida ishlaymiz. Umuman olganda bu bolalardan ko'nglim to'q.

- "Erem"ga qarshi birinchi o'yinda 5ta to'p o'tkazib yuborilgan edi, bugun esa nolga o'ynaldi...

- Tarkibimizda 90 foiz yangi o'yinchilar, o'z navbatida ilk bor o'ynagan darvozabon ham bor edi. Milliy terma jamoada birinchi marta to'p tepgan futzalchilarimizda hayajon kuchli bo'lgandi. Aynan shuning evaziga xatolar ko'p bo'ldi. Keyin yigitlarga har bir xatolarini videoyozuvda ko'rsatib berdik va hayajonni bosib ko'rsatmalarni bajarishlarini uqtirdik. Yigitlar ko'p narsani tez ilg'ab olishmoqda va bu bizni xursand qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia