Bahodir Ahmedov: "Venesuela bilan ikkinchi bahsda tarkib va o'yinimiz o'zgarishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2021, 14:45
O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Venesuelaga qarshi birinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi .

Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Raqibni o'rganib chiqqan edik. Bugungi uchrashuvni yana tahlil qilib chiqamiz. Qayerda yaxshi o'ynadik, qanday xatolarga yo'l qo'ydik, hammasini yigitlarga ko'rsatamiz. Bunday o'yinlar doim foydali bo'ladi. 

Venesuelaning hujumchi bilan o'ynashi ustun tomoni hisoblanadi. 

Futzalda beshinchi o'yinchini tushirish holati ko'p bo'lib turadi. Futzalda har qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun beshinchi o'ynchidan foydalanishga qaror qildik. 

Venesuela bilan ikkinchi uchrashuvda tarkib va o'yinimiz o'zgarishi mumkin. Mazkur uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi  Bahodir Ahmedov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia