Bahodir Ahmedov: "Har bir musobaqaga yuqori maqsadlar bilan boramiz"

Narzulla Saydullayev
14 apr 2022, 22:27
Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi Bishkekda tashkillashtirilgan Osiyo chempionati saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib qaytdi.

Ushbu turnir taassurotlari yuzasidan Bahodir Ahmedov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Turnir yuqori darajada o'tdi. Asosiysi barcha o'yinlarda g'alaba qozonib Osiyo chempionatiga yo'llanma oldik. 

Bugunga kelib Osiyoda futzal rivojlanmoqda. Istalgan terma jamoadan xavf kutish mumkin. Shu bois jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Qur'a bizga qanday raqiblarni taqdim qiladi, bilmayman. O'zbekiston terma jamoasi har bir musobaqaga yuqori maqsad bilan boradi va o'z o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi",- deydi Bahodir Ahmedov.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia