Badshtuber "Man Siti" qiziqishi doirasida

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2016
Myunxenning "Bavariya" himoyachisi Xolger Badshtuber faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin.

27 yoshli himoyachini anchadan buyon jarohatlar qiynab kelmoqda, klub bilan shartnomasi yozda tugaydi.

"Siti" himoyada muammolarni boshdan kechirmoqda va yanvar oyida Badshtuberni sotib olmoqchi. Badshtuber "Bavariya"da Pep Gvardiola bilan birga ishlagan. Bu mavsumda himoyachi "Bavariya" safida 3ta o'yinda maydonga tushdi xolos.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de