BAA. Shukurovning goli “Sharja”ga g'alaba keltirdi

Оқил Абдубарноев
21 may 2022
BAA Premer-ligasi 25-turida “Sharja” o'z maydonida “Emireyts”ni 2:1 hisobida engdi.

G'alaba golini esa 1-taym oxirida Otabek Shukurov urdi. 25 yoshli o'zbekistonlik uchrashuvni to'liq o'tkazdi.

Qayd etish joiz, jamoalar bahsni bir kishi kam bo'lib yakunlashdi. Raqiblardan Abdulla Muso 2-sariqni olib, maydonni tark etgan bo'lsa, sharjaliklardan Shahin Abdulrahmon to'g'ri-to'g'ri qizil oldi.

“Sharja” – “Emireyts” 2:1 (2:1, 0:0)

“Sharja” o'yingohi

Gollar: Literri 12 – 0:1, Kayo 41 – 1:1, Shukurov 44 – 2:1.

Chetlatishlar: Muso 50, Abdulrahmon 75.

Eslatib o'tamiz, Shukurov joriy mavsum musobaqadagi gollari sonini 4 taga etkazib oldi. Jamoasi esa 54 ochko to'plagan holda 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Al Ain" hisobida 61 ball bor.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia